Biznesingizga mos web-sayt. Yakunigacha bajarilgan loyiha.
Saytni topshirish — hamkorlikning oxiri emas.
Web-sayt yaratishda muhim narsa faqat uning ko‘rinishi emas. Sayt to‘liq ishlashi, kerakli ma’lumotlarni taqdim etishi va biznesingizni professional namoyon etishi kerak.
Shuning uchun biz loyihani alohida sahifalar to‘plami sifatida emas, yakunlangan mahsulot sifatida ko‘ramiz. Maqsadimiz — sizga shunchaki sayt havolasini emas, foydalanishga tayyor raqamli mahsulotni topshirish.
Qanday texnologiyalarda ishlaymiz?
-
01. Coding — individual ishlab chiqish
Loyiha talablari murakkab funksiyalar, moslashuvchanlik yoki individual yechimlarni talab qilsa, saytni kod orqali ishlab chiqamiz.
-
02. No-code platformalar
Framer, Tilda va shunga o‘xshash platformalar yordamida loyihani tez va samarali amalga oshirish mumkin bo‘lgan holatlarda shu yechimlarni tanlaymiz.
-
03. Gibrid yechim
Kodlash va platforma imkoniyatlarini birlashtirib, loyiha ehtiyojlariga mos yondashuvni ishlab chiqamiz.
200 ga yaqin web-loyiha tajribasi
Loyiha doirasida
-
Saytning tuzilishi va foydalanuvchi yo‘li ishlab chiqiladi
01 -
Dizayn va ishlab chiqish ishlari bajariladi
02 -
Kelishilgan kontent joylashtiriladi
03 -
Zarurat bo‘lsa, foto va video suratga olish tashkil etiladi
04 -
Sayt ishga tushiriladi va topshiriladi
05 -
Kelishilgan doirada bir yillik texnik xizmat ko‘rsatiladi
06
Ko‘p so‘raladigan savollar
-
ABBA Marketing qaysi xizmatlarni ko‘rsatadi?
Marketing strategiyasi, branding, SMM va web-sayt yaratish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatamiz. Biznesingiz ehtiyojiga qarab, bitta yo‘nalish yoki bir nechta xizmatni birgalikda taklif qilishimiz mumkin. -
Xizmatlar narxi qanday belgilanadi?
Narx loyiha hajmi, vazifalar, muddatlar va kerakli resurslarga qarab belgilanadi. Avval biznesingizni va ehtiyojlaringizni o‘rganamiz, so‘ng individual tijoriy taklif tayyorlaymiz. -
Bitta loyiha ustida nechta mutaxassis ishlaydi?
Bu xizmat turi va loyiha hajmiga bog‘liq. Har bir loyihada zarur mutaxassislar tarkibi belgilanadi va vazifalar ular o‘rtasida taqsimlanadi. -
Siz bilan qanday boshlash mumkin?
Uchrashuv belgilang yoki biz bilan bog‘laning. Dastlab biznesingiz, maqsadlaringiz va ehtiyojlaringizni muhokama qilamiz. Keyin mos xizmatlar va hamkorlik formatini taklif qilamiz. -
Web-sayt yaratilgandan keyin texnik xizmat ko‘rsatiladimi?
Web-loyiha doirasida kelishilgan shartlarga muvofiq bir yillik texnik xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. Xizmat tarkibi va shartlari tijoriy taklifda aniqlashtiriladi.
Web-saytingiz biznesingiz darajasini ko‘rsatsin.
Loyihangiz haqida gapirib bering. Biz vazifalarni o‘rganib, sizga mos texnologiya va amalga oshirish rejasini taklif qilamiz.