Brendingizni shunchaki tanish emas, esda qolarli qiling.
Bizning branding xizmatlarimiz
-
01. Naming — nom yaratish
Yaxshi nom — brendning birinchi taassuroti. Kompaniyangiz yoki mahsulotingiz uchun qisqa, esda qoladigan, talaffuzi oson va faoliyat sohasiga mos nom variantlarini ishlab chiqamiz. Nomning ma’nosi, tovushi, auditoriyaga ta’siri va bozorda qo‘llanish imkoniyatlarini hisobga olamiz. Dastlabki bosqichda 5 tagacha variant taqdim etamiz, nomning mavjudligi va O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini tekshirish zaruratini ham inobatga olamiz.
-
02. Logo va vizual identika
Brendingizni logotipsiz ham tanishsin. Logotipdan tashqari, brendni tanitadigan butun vizual tizimni yaratamiz: ranglar, shriftlar, grafik elementlar, naqshlar va dizayn tamoyillari. Vaqt o‘tishi bilan ranglar, shakllar va vizual uslubning o‘zi ham brendingiz bilan bog‘lanishi kerak.
-
03. Gaydbuk — yagona brend standartlari
Brend har bir joyda bir xil gapirsin. Gaydbuk logotipdan tortib ranglar, shriftlar, maketlar va boshqa brend tashuvchilarigacha qo‘llash qoidalarini belgilaydi. Loyiha ehtiyojiga qarab, tashrif qog‘ozi, ruchka, hujjatlar, tashqi reklama, transport va boshqa tashuvchilar uchun dizayn yechimlari ishlab chiqiladi.
-
04. Qadoq dizayni
Mahsulotingizni ko‘rgan zahoti tanib olishsin. Dizaynni bozor, raqobatchilar, mahsulot toifasi va xaridorlarning tanlov mezonlarini hisobga olgan holda ishlab chiqamiz. Avval konsepsiyalarni tayyorlaymiz, tasdiqlangan yo‘nalishni boshqa ta’m, hajm, tur va SKU’lar uchun moslashtiramiz.
Tanlangan loyihalar
Keyslarni ko‘rishKo‘p so‘raladigan savollar
-
ABBA Marketing qaysi xizmatlarni ko‘rsatadi?
Marketing strategiyasi, branding, SMM va web-sayt yaratish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatamiz. Biznesingiz ehtiyojiga qarab, bitta yo‘nalish yoki bir nechta xizmatni birgalikda taklif qilishimiz mumkin. -
Xizmatlar narxi qanday belgilanadi?
Narx loyiha hajmi, vazifalar, muddatlar va kerakli resurslarga qarab belgilanadi. Avval biznesingizni va ehtiyojlaringizni o‘rganamiz, so‘ng individual tijoriy taklif tayyorlaymiz. -
Bitta loyiha ustida nechta mutaxassis ishlaydi?
Bu xizmat turi va loyiha hajmiga bog‘liq. Har bir loyihada zarur mutaxassislar tarkibi belgilanadi va vazifalar ular o‘rtasida taqsimlanadi. -
Siz bilan qanday boshlash mumkin?
Uchrashuv belgilang yoki biz bilan bog‘laning. Dastlab biznesingiz, maqsadlaringiz va ehtiyojlaringizni muhokama qilamiz. Keyin mos xizmatlar va hamkorlik formatini taklif qilamiz. -
Web-sayt yaratilgandan keyin texnik xizmat ko‘rsatiladimi?
Web-loyiha doirasida kelishilgan shartlarga muvofiq bir yillik texnik xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. Xizmat tarkibi va shartlari tijoriy taklifda aniqlashtiriladi.
Kuchli brend tasodifan yaratilmaydi.
Brendingizni noldan yaratyapsizmi yoki mavjud qiyofasini yangilamoqchimisiz? Keling, sizga mos yechimni aniqlaymiz.