Biz shunchaki reklama qilmaymiz. Biznesingiz uchun ishlaydigan tizim quramiz.
Kompaniya haqida
Biz har bir loyihaga alohida yondashamiz: biznesingizni o‘rganamiz, muammolar va imkoniyatlarni aniqlaymiz, so‘ng maqsadingizga mos yechimni ishlab chiqamiz va amalga oshiramiz. Biz bilan siz shunchaki xizmatlar to‘plamini emas, balki har bir mutaxassis o‘z vazifasiga javob beradigan, jarayonlari tizimlashtirilgan jamoani olasiz.
-
8+
Yillik tajriba
2018-yildan beri bozordamiz.
-
2000+
Kompaniya
Turli sohadagi bizneslar bilan hamkorlik.
-
1000+
SMM loyiha
Hozirda 60 dan ortiq faol loyiha.
-
~200
Web-loyiha
Korporativ saytlar va web-yechimlar.
Biz ishonch qozongan brendlar
Mercedes-Benz, Dahua, Yadea, Asia Plast, Diskont, Adamari va boshqa brendlar bilan bog‘liq loyihalarimiz — turli talab va vazifalarga moslashish tajribamizning bir qismi.
Nega ABBA Marketing?
-
Har bir mutaxassis — o‘z yo‘nalishida
Loyihangiz bir kishining barcha ishni bajarishiga bog‘liq emas. Har bir yo‘nalishda o‘z sohasini biladigan mutaxassislar ishlaydi. Loyiha hajmi va vazifalariga qarab, bir nechta mutaxassisdan iborat jamoa shakllantiriladi.
-
Jarayon emas, mas’uliyat muhim
Vazifalar, muddatlar va ish bosqichlari aniq belgilanadi. Biz sifatli ijro bilan birga, kelishilgan muddatlarga rioya qilishga ham e’tibor beramiz.
-
Sizga mos yechim — tayyor paket emas
Har bir biznesning maqsadi, bozori va imkoniyatlari har xil. Shu sababli universal narxlar ro‘yxati o‘rniga, avval ehtiyojlaringizni o‘rganamiz, keyin individual tijoriy taklif tayyorlaymiz.
-
Jamoamiz va ishlarimiz bilan shaxsan tanishing
Ofisimizga tashrif buyuring, loyihalarimizni ko‘ring, jamoa bilan tanishing va hamkorlik qanday tashkil etilishini bilib oling.
Tanlangan loyihalar
Keyslarni ko‘rishBiznesingizga navbatdagi bosqich uchun nima kerak?
Yangi brend yaratyapsizmi, marketingni tizimlashtirmoqchimisiz yoki mavjud biznesingizni kuchliroq namoyon etmoqchimisiz? Keling, vazifangizni birgalikda aniqlaymiz.