Samarali marketing taxmindan emas, tushunishdan boshlanadi.

Bozorni, raqobatchilarni va mijozlaringizni chuqur o‘rganib, biznes maqsadlaringizga mos marketing strategiyasini ishlab chiqamiz. Shundan keyingina to‘g‘ri xabar, mos kanal va samarali kommunikatsiyani tanlaymiz.

Marketingni uch bosqichda quramiz

  • Bosqich 1

    01. Tadqiqot — vaziyatni tushunamiz

    Har qanday qarordan oldin bozorni o‘rganamiz. Raqobatchilarni tahlil qilamiz, mijozlar bilan suhbatlar — CustDev o‘tkazamiz, auditoriyaning ehtiyojlari, tanlov mezonlari va xarid qilishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlaymiz.

    Natija

    • Biznesingiz qayerda turgani, qanday imkoniyatlarga ega ekani va nimaga e’tibor qaratish kerakligi haqida asosli tasavvur.
  • Bosqich 2

    02. STP — bozordagi o‘rningizni aniqlaymiz

    Auditoriyani segmentlarga ajratamiz, maqsadli segmentlarni tanlaymiz va pozitsiyalashni belgilaymiz.

    STP

    • Segmentation — bozordagi auditoriyani ehtiyojlari va xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratamiz.
    • Targeting — biznesingiz uchun eng muhim va mos segmentlarni belgilaymiz.
    • Positioning — mijozlar sizni nima uchun tanlashi kerakligini va raqobatchilardan nimasi bilan farq qilishingizni aniqlaymiz.

    Natija

    • Kimga murojaat qilishingiz, qanday qiymat taklif qilishingiz va bozorda qanday o‘rin egallashingiz aniq bo‘ladi.
  • Bosqich 3

    03. Kommunikatsiya — strategiyani harakatga aylantiramiz

    Tadqiqot va strategiya asosida reklama hamda kommunikatsiya rejasini ishlab chiqamiz. SMM, raqamli reklama, tashqi reklama, televideniye va boshqa mos kanallarni yagona maqsad atrofida birlashtiramiz.

    Natija

    • Alohida-alohida ishlaydigan reklama vositalari o‘rniga, o‘zaro bog‘langan marketing tizimi.

Tanlangan loyihalar

Keyslarni ko‘rish arrow
Turli sohalar. Turli vazifalar. Individual yechimlar.
    • SMM
    • Instagram

    Mercedes-Benz

    Mercedes-Benz rasmiy distribyutori uchun SMM

    Batafsil arrow
    Mercedes-Benz
    • SMM
    • Instagram

    Tanho

    Sous ishlab chiqaruvchi uchun SMM

    • SMM
    • Instagram

    Kanzec

    Premium avto aksessuarlar uchun SMM

    Batafsil arrow
    Kanzec
    • SMM
    • Instagram

    Mono Electric

    Elektr aksessuarlar brendi uchun SMM

    Batafsil arrow
    Mono Electric
Keyslarni ko‘rish arrow

Ko‘p so‘raladigan savollar

  • ABBA Marketing qaysi xizmatlarni ko‘rsatadi?

    Marketing strategiyasi, branding, SMM va web-sayt yaratish yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatamiz. Biznesingiz ehtiyojiga qarab, bitta yo‘nalish yoki bir nechta xizmatni birgalikda taklif qilishimiz mumkin.
  • Xizmatlar narxi qanday belgilanadi?

    Narx loyiha hajmi, vazifalar, muddatlar va kerakli resurslarga qarab belgilanadi. Avval biznesingizni va ehtiyojlaringizni o‘rganamiz, so‘ng individual tijoriy taklif tayyorlaymiz.
  • Bitta loyiha ustida nechta mutaxassis ishlaydi?

    Bu xizmat turi va loyiha hajmiga bog‘liq. Har bir loyihada zarur mutaxassislar tarkibi belgilanadi va vazifalar ular o‘rtasida taqsimlanadi.
  • Siz bilan qanday boshlash mumkin?

    Uchrashuv belgilang yoki biz bilan bog‘laning. Dastlab biznesingiz, maqsadlaringiz va ehtiyojlaringizni muhokama qilamiz. Keyin mos xizmatlar va hamkorlik formatini taklif qilamiz.
  • Web-sayt yaratilgandan keyin texnik xizmat ko‘rsatiladimi?

    Web-loyiha doirasida kelishilgan shartlarga muvofiq bir yillik texnik xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. Xizmat tarkibi va shartlari tijoriy taklifda aniqlashtiriladi.

Reklamaga sarflayotgan mablag‘ingiz aniq maqsadga xizmat qilsin.

Biznesingizni o‘rganishdan boshlaymiz. Keyin sizga mos marketing yechimlarini muhokama qilamiz.

Loyihangiz haqida gaplashamiz

Maqsadlaringizni va hozirgi vazifalaringizni muhokama qilamiz. Sizga qanday yechimlar mos kelishini aniqlaymiz.

    close icon

    Отправка резюме

    Заполните форму и приложите файл резюме.

    close icon
    Murojaatingiz uchun rahmat! Ma’lumotlaringizni oldik. Jamoamiz siz bilan bog‘lanib, loyihangizni muhokama qiladi.
    ×